O'zbekiston

Toshkentda mashina savdosi orqali firibgarlik qilganlar ushlandi

Ular 4 nafar fuqaroga avtomashina sotib, nomiga o‘tkazib bermagan.

Toshkentda mashina savdosi orqali firibgarlik qilganlar ushlandi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida fuqarolarga xarid qilingan avtomashinalarini nomiga o‘tkazib bermasdan MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, “A.M.L.” MCHJ masʼul shaxslari avtotransport vositalari sotuvi bilan shug‘ullanib kelib, 4 nafar fuqaroga “Spark”, “Sobalt” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalarni 2 yildan 3 yilgacha muddatli to‘lov asosida sotishga kelishib, fuqarolar tomonidan 2019-2023 yillar davomida to‘lovlar to‘liq to‘langandan keyin avtomashinalarni ularning nomiga o‘tkazib bermasdan, jami 34 882 AQSH dollari va 118,5 mln so‘mini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

 

Bundan tashqari, MCHJ masʼul shaxslari kreditorlarning oldida 6,1 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lsa-da, avtotransport vositalarining sotuvidan tushgan 471,9 mln so‘mni hisob-raqamiga kirim qilmasdan korxonani to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirganliklari maʼlum bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"