Jahon

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

CNN, Politico va MS NOW Oq uy hududiga kirish taqiqlangani sababli AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini sudga berdi. OAV vakillari mazkur qaror matbuot erkinligiga tahdid solayotganini ta’kidlamoqda, deya yozdi Al Jazeera.

 

Uchala axborot tashkiloti dushanba kuni qo‘shma bayonot berib, jurnalistlarning Oq uyga kirish huquqi hech qanday ogohlantirish yoki tegishli tartib-taomilsiz bekor qilinganini ma’lum qildi. Keyinchalik ularning da’vo arizasi Vashingtondagi federal sudga topshirildi.

 

OAV vakillarining ta’kidlashicha, hukumat ularning jurnalistik materiallaridan norozi bo‘lgani uchun bunday chorani qo‘llagan. Ular bu holatga qarshilik ko‘rsatilmasa, matbuot erkinligi va jamoatchilikning hukumat aralashuvidan xoli mustaqil axborot olish huquqiga tahdid tug‘ilishini bildirgan.

 

Shuningdek, AQShning ABC, CBS, CNN, Fox va NBC telekanallari Trampning ayrim tadbirlarini yoritishda qo‘llanadigan navbatma-navbat tasvirga olish (pool) tizimidagi ishtirokini to‘xtatganini ma’lum qildi.

 

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens esa OAVlarga nisbatan qo‘llangan cheklovni himoya qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu so‘z erkinligiga qarshi qaratilgan chora emas, balki Oq uy ichidagi maxsus kirish imkoniyatini cheklashdir. Vens taqiq “targ‘ibot”ga qarshi qaratilganini aytdi.

 

Prezident Donald Tramp esa taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi. U Truth Social tarmog‘idagi postida bunday axborotni AQSh milliy xavfsizligiga tahdid deb atadi.

 

Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi Tramp ma’muriyatini CNN, Politico va MS NOW jurnalistlarining Oq uyga kirish imkoniyatini zudlik bilan tiklashga chaqirdi. Tashkilotning ta’kidlashicha, biror OAVni uning yoritish siyosati hukumatga ma’qul kelmagani uchun chetlatish amaliyoti kelajakda boshqa nashrlarga ham qo‘llanishi mumkin.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati avval ham ayrim yirik axborot tashkilotlarining Oq uyga kirishini cheklagan va ma’muriyatga nisbatan xayrixoh deb qaralayotgan yangi media platformalariga ko‘proq imkoniyat bergan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.