O'zbekiston

“O‘rikzor” savdo kompleksi buzilishi haqidagi gaplarga nuqta qo'yildi

Toshkent shahar hokimligi xabarlar bo'yicha rasmiy bayonot berdi.

“O‘rikzor” savdo kompleksi buzilishi haqidagi gaplarga nuqta qo'yildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi mashhur “O‘rikzor” savdo kompleksi yopiladi yoki buziladi degan xabarlar tarqaldi. Ammo Toshkent shahar hokimligi bu ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirib, bunday gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi.

 

Hokimlikning rasmiy bayonotida aytilishicha, “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ tugatilishi, buzilishi yoki qayta qurilishi rejalashtirilmagan. Majmua o‘zining odatdagi ish tartibida haftaning barcha kunlari, dam olishlarsiz faoliyatini davom ettiradi.

 

Hozircha savdo hududida hech qanday rekonstruksiya yoki yopilish ishlari rejalashtirilmagan. Shu sababli hokimlik fuqarolardan asossiz mish-mishlarga ishonmaslikni so‘ragan.

 

Savdo majmuasi rahbariyati ham “O‘rikzor” bozori odatdagidek ishlashda davom etayotganini tasdiqlagan.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"