O'zbekiston

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qurt olib kirgani uchun jarimaga tortildi

Olib kirilgan 2 kilogramm qurt potensial xavfli deb topilgan.

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qurt olib kirgani uchun jarimaga tortildi

Rossiyaning Perm viloyatida Rosselxoznadzor xodimlari tomonidan O‘zbekistondan kelgan fuqaroning qo‘l yukida sanoat qadog'isiz va belgilarsiz taxminan 2 kilogramm qurt aniqlanib, musodara qilindi. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar qilgan.

 

Mahsulotda ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va saqlash shartlari ko‘rsatilmagan. Shu sababli qurt “potensial xavfli mahsulot” deb topilib, belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

 

Mazkur holat Rossiya Federatsiyasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa tegishli qoidalarga zid bo‘lgani uchun, O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

 

Rosselxoznadzorning qo‘shimcha ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekistondan noqonuniy olib kirilgan 175 kilogramm chorvachilik mahsulotlari aniqlanib, yo‘q qilingan. Bular orasida 50 kg dan ortiq go‘sht, 90 kg dan ortiq sut mahsulotlari va 30 kg asal bor.

 

Rossiya rasmiylari fuqarolarni mamlakatga chorvachilik mahsulotlarini olib kirishda amaldagi veterinariya talablariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"