O'zbekiston

Chilonzorning 18–19-kvartallaridagi “dom”lar hayot uchun xavfli holatda

Holat bo‘yicha senator tuman hokimiga so‘rov yubordi.

Chilonzorning 18–19-kvartallaridagi “dom”lar hayot uchun xavfli holatda

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi Toshkent shahar Chilonzor tumanida aholi yashash sharoitlari va ko‘p kvartirali uylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.

 

Xususan, tumanning 18 va 19-mavzelarida joylashgan uylarga xizmat ko‘rsatayotgan “GRAND GREAT SILK ROAD SERVICE” MCHJ boshqaruv kompaniyasi faoliyati tahlil qilindi. Tahlillarda aniqlanishicha, kompaniya barcha mulkdorlar bilan belgilangan tartibda boshqaruv shartnomasi imzolamagan. Bu holat “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga zid.

 

Shuningdek, kompaniya o‘zining moliyaviy va xo‘jalik faoliyati yuzasidan mulkdorlarga hisobot bermagan, umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilmagan. Aholi tomonidan bildirilgan e’tirozlarga sabab bo‘layotgan asosiy muammolar qatoriga quyidagilar kiradi:

 

podyezdlar avariya holatida;

 

yog‘och romlar va singan oynalar almashtirilmagan;

 

kanalizatsiya tizimi nosoz, elektr tarmoqlari xavfsizlik talablariga javob bermaydi;

 

favqulodda holatlarda mutaxassislarni aholining o‘zi yollashga majbur bo‘lmoqda;

 

bolalar maydonchalari va sport inshootlari mavjud emas.

 

2022-yil 29-oktabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ushbu kamchiliklar ta’kidlangan bo‘lsa-da, amaliy choralar hanuzgacha ko‘rilmagan.

 

Mazkur holat yuzasidan Senat qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova tomonidan Chilonzor tumani hokimi Saidqaxxor Xolxo‘jayev nomiga senator so‘rovi yuborildi. So‘rovda boshqaruv kompaniyasi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan izoh berish so‘ralgan.

 

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"