O'zbekiston

Qirg‘izistondan 5,2 milliard so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kirgan shaxs ushlandi

859 dona zargarlik buyumlari bojxona nazoratidan yashirilgan holda olib o‘tilgan.

Qirg‘izistondan 5,2 milliard so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kirgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari tezkor tadbir o‘tkazdi. “Vodil” chegara-boshqona postida Qirg‘izistondan Farg‘ona viloyatiga kirib kelgan, Andijon shahrida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazilgan. Uning ustki kiyimlari ostidan yashirilgan 859 dona tilla taqinchoq va 1 dona qo‘l soati topilgan. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar qilgan.

 

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, bu buyumlar sof oltindan yasalgan bo‘lib, ayrimlari brilyant toshlari bilan bezatilgan. Ularning umumiy og‘irligi 4 kg 155 grammni, bahosi esa 5 milliard 213 million so‘mni tashkil etadi.

 

Aniqlanishicha, ushbu qimmatbaho buyumlar Turkiyadan Qirg‘izistonga olib kelingan va Andijon va Farg‘onada yashovchi savdogarlar tomonidan 400 AQSh dollari evaziga bojxonadan olib o‘tilishi rejalashtirilgan.

 

Hozirda Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv davomida ushbu zargarlik buyumlarining asl egalari aniqlanmoqda.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"