O'zbekiston

Qozog‘istonda navbatda turgan bemor shifokorni kaltakladi

Sog‘liqni saqlash vaziri shifokorlarni himoya qilishga chaqirdi.

Qozog‘istonda navbatda turgan bemor shifokorni kaltakladi

Qozog‘iston Respublikasining Qarag‘andi viloyatida bemor shifokorga hujum qildi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

 

Holat 17 iyul kuni tushdan keyin viloyat shifoxonasining urologiya bo‘limida yuz bergan. Jarroh operatsiyadan so‘ng bemorlarni ko‘rish uchun tez yordam bo‘limiga tushgan. Navbatda turgan erkak shifokorni urib yuborgan. Natijada shifokor og‘ir tan jarohatlari olib, hushini yo‘qotgan va reanimatsiyaga yotqizilgan.

 

“O‘z hayotini saqlab qolgan shifokorlarga qo‘l ko‘tarish uchun inson qay darajada qo‘pol va tajovuzkor bo‘lishi kerak? Tinchlik davrida shifokorlar hayoti xavf ostida qolishi juda achinarli. Bu mutlaqo aqlga sig‘maydigan va qabul qilib bo‘lmaydigan holat”, dedi mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alanazarova.

 

Vazirning taʼkidlashicha, tez tibbiy yordam bo‘limlari allaqachon xavfli hududlarga aylanib ulgurgan. Shu sababli SSV va IIV shoshilinch tibbiy yordam, bolalar shifoxonalari va perinatal markazlarda tunu-kun qo‘riqlash postlarini kuchaytirishga qaror qildi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari videokuzatuv, tashvish tugmalari va boshqa xavfsizlik qurilmalari bilan jihozlanadi.

 

“Tibbiyot xodimlariga hujum qilganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka sentyabr oyida o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunday harakatlarni maishiy hodisa sifatida emas, balki jamoat xavfsizligiga tahdid sifatida baholash kerak”, - deya qo‘shimcha qilgan vazir.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"