O'zbekiston

Endi maktabdagi o‘rtacha baholar test sinovlari balliga qo‘shilmaydigan

Prezident farmoni bilan baholarni hisoblash tizimi bekor qilindi.

Endi maktabdagi o‘rtacha baholar test sinovlari balliga qo‘shilmaydigan

Endilikda maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar oliy ta’limga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi. Bu haqda Prezidentning 19-iyul kuni qabul qilingan PF–114-sonli farmonida rasman belgilandi.

 

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining 2021-yilgi qaroriga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi baholari ham test ballariga qo‘shilishi kerak edi. Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga maktabdagi 3, 4 yoki 5 bahoga mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shish rejalashtirilgandi. Ammo bu tizim 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgan edi. Endi esa, yangi farmonga ko‘ra, bu tartib umuman bekor qilindi.

 

Shu tariqa, oliy ta’limga kirish imtihonlarida abituriyentlar faqat test natijalariga asoslanib baholanadi. Yangi tizim “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, farmonda Toshkentdagi Turin politexnika universitetida talabalarni nafaqat Turin universiteti, balki boshqa ilg‘or xorijiy universitetlarning ham o‘quv dasturlari asosida o‘qitish amaliyoti joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"