O'zbekiston

Qamoqdagi hokim nomidan 1,2 milliard so‘mlik qarorlar imzolangan

Sharof Rashidov tumani hokimi haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy tekshiruv boshlandi.

Qamoqdagi hokim nomidan 1,2 milliard so‘mlik qarorlar imzolangan

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev 8 iyul kuni 10 ming dollar pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, qamoqqa olingan edi.

 

Ammo “E-qaror” tizimidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xolbo‘tayev hibsda bo‘lgan kunlarda ham uning nomidan qarorlar qabul qilingan. Xususan, 8 va 9 iyul kunlari jami 1,2 milliard so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha 5 ta mahalliy kengash qarori rasmiylashtirilgan.

 

Ulardan ikkitasi aynan u qo‘lga olingan 8 iyul kuni, qolgan uchtasi esa 9 iyul kuni qabul qilingan. Barcha qarorlarda hokim Mahmud Xolbo‘tayevning nomi ko‘rsatilgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat bo‘yicha tarqalgan xabarlarga javoban, Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshlagan. bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi rasmiy munosabat bildirgan.

 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan.

custom img

625 grammlik “yuk”: uch holat fosh etildi

Xorazm va Jizzaxda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari yashirilgan uchta holat fosh etildi.

custom img

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

custom img

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

custom img

Navoiydagi konda fojia: ikki ishchi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Hozircha NKMK voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

custom img

20 millionlik jarimani “yo‘q qilish” 500 dollarga tushdi

Samarqandda “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi

Hodisadan so‘ng Toshkentning boshqa hududlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

custom img

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi

Farg‘ona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, pul talab qilgan sayyohlik firmasi vakillari qo‘lga olindi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"