Toshkentda shifokor bemorga tegajog‘lik qildi
Shifokor bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun xonasiga olib kirgan.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, holat 17 iyul kuni soat 19:00 larda Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi 5-uyda joylashgan RSHTYOIM Toshkent viloyat filialida yuz bergan. Shifokor bemorni ko‘rikdan o‘tkazish xonasiga olib kirib, unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sud majlisida huquqbuzar qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, qilmishining oqibatlarini tushunib yetganligini, S.A.dan hamda onasidan uzr so‘raganligini bayon qilib, ko‘rsatuv bergan.
Sud qarori bilan huquqbuzar MJtKning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga shu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.







