O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘limlar ko‘paymoqda
O'zbekiston Respublikasi Miliy statistika qo'mitasi demografik holat bo'yicha ma'lumotlarni e'lon qildi.

2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 37 million 860 ming kishiga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 foizga ko‘p. Yilning birinchi yarmida aholi sonining tabiiy o‘sishi 321,4 ming kishini tashkil etdi. O'zbekiston Respublikasi Miliy statistika qo'mitasi demografik holat bo'yicha ma'lumotlarni e'lon qildi.
Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida — 4,3 million, undan keyin Farg‘ona viloyatida — 4,2 million. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida — 938,5 ming kishi.
2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 405,5 ming bola tug‘ilgan. Ulardan 209,6 ming nafari o‘g‘il (51,7%), 195,9 ming nafari qiz (48,3%). Shahar joylarida 197,8 ming, qishloqlarda esa 207,7 ming chaqaloq dunyoga kelgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga, 2023 yilning birinchi yarmiga nisbatan esa 29,1 ming nafarga kamaygan.
Olti oy ichida mamlakatda 84,1 ming kishi vafot etgan. Ularning 46,2 ming nafari erkak (54,9%), 37,9 ming nafari ayol (45,1%) bo‘lgan. Vafot etganlarning 45,6 mingtasi shaharlarda (54,2%), 38,5 mingtasi qishloqlarda (45,8%) yashagan.
Umumiy o‘limlar soni 2024 yil iyul oyiga nisbatan 2,7 mingga, 2023 yilning mos davriga qaraganda 4,4 mingga oshgan.







