O'zbekiston

Toshkentda qurilish sabab katta yashil hudud yo‘q qilingani aytilmoqda

Holat bo'yicha Ekologiya vazirligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Toshkentda qurilish sabab katta yashil hudud yo‘q qilingani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasi, 124-uy manzilida joylashgan katta yashil hudud yo‘q qilinib, o‘rnida qurilish ishlari boshlanganiga oid xabarlar keng tarqaldi.

 

Tarqalgan suratlarda ilgari daraxtlarga boy bo‘lgan hudud hozirda mutlaqo tekkis holatga kelgani, faqatgina tuproq va texnika qolganini ko‘rish mumkin. Yashil maydon izsiz yo‘q bo‘lgan.

 

Aholi vaziyatdan jiddiy xavotirda. “Qurilish zarur, ammo bu tabiatni yo‘q qilish hisobiga bo‘lmasligi kerak. Shahar faqat binolardan emas, soyali  daraxtlar, toza havo beruvchi yashil hududlardan ham iborat bo‘lishi lozim,” — deya norozilik bildirmoqda fuqarolar.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputati Navro‘zbek Yusupov tomonidan Bosh prokuratura va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda qurilish sabab katta yashil hudud yo‘q qilingani aytilmoqda | Zamon.uz