Surxondaryoda YPX xodimlarini haqorat qilgan ayol qamaldi
Ayol YPX xodimlarini unga jarima yozgani uchun haqorat qilgan.

Surxondaryo viloyatida yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimini haqorat qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, ayol YPX xodimlari unga huquqbuzarligi uchun jarima yozganidan norozi bo‘lib, ularni ochiqchasiga haqorat qilgan. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi asosida ish qo‘zg‘atildi.
Sud qarori bilan huquqbuzarga 4 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shu bilan birga, u yo‘l harakati qoidalarini bir necha marotaba buzganlikda ayblanib, unga nisbatan jinoyat ishi ochildi va 6 million 800 ming so‘m (YaIMning 20 baravari) miqdorida jarima belgilandi.
Ichki ishlar organlari fuqarolardan huquq-tartibot xodimlariga nisbatan hurmatli va qonuniy munosabatda bo‘lishni so‘rab qolmoqda.







