Videoselektorda xodimasini quchoqlab o‘tirgan mansabdor ishdan olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan so‘ng Bandlik vazirligi hodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoselektor yig‘ilishi paytida tushirilgan skrinshot katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritgan bandlik bo‘limi rahbari yig‘ilish vaqtida tizяasida o‘tirgan ayol xodimani quchoqlab olgani aks etgan.
Holat yuzasidan Kamabag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy bayonot berdi. Unda aytilishicha, mazkur harakat xodimning odob-axloq qoidalariga ziddir va xizmat tekshiruvi natijasida holat tasdiqlangan.
Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, videoda ko‘rinib turgan mansabdor va boshqa tegishli xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Aniqlanishicha, ushbu rahbar 2023-yil dekabr oyidan beri Kattaqo‘rg‘on tumanida bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Bu holat bandlik tizimidagi axloqiy intizom masalalariga bo‘lgan jiddiy munosabatni yana bir bor eslatdi. Eslatib o‘tamiz, 2024-yil aprel oyida ham Andijon shahridagi bandlik bo‘limi boshlig‘i va uning o‘rinbosari ish joyida giyohvand modda iste’mol qilgani uchun lavozimidan ozod etilgan edi.
Vazirlik xizmat intizomi va odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish prinsipiga sodiqligini bildirgan.







