Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining 3 xodimi ishdan ketdi
Ular orasida Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Talʼat Valiyev ham bor.

O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Talʼat Shuxratovich Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Administratsiya farmoyishi bilan Baxodir Baxtiyarovich Maxmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini taʼminlash va xalqaro gumanitar hamkorlik shoʻbasi mudiri lavozimidan, Shovqiddin Abduvaliyevich Karshiyev O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni taʼminlash shoʻbasi bosh konsultanti lavozimidan ozod etilgan.







