O'zbekiston

Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro suzish federatsiyasi byurosi a’zoligiga saylandi

Singapurda Butunjahon suzish federatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro suzish federatsiyasi byurosi a’zoligiga saylandi

29-iyul kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan Xalqaro suzish federatsiyasi — World Aquatics Kongressida O‘zbekiston Paralimpiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashkilotning Bюro a’zoligiga saylandi. Bu nufuzli lavozim O‘zbekiston vakili uchun sport diplomatiyasida muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

 

“Men uchun bu tashkilotning bir qismi bo‘lish va O‘zbekiston manfaatlarini global darajada ilgari surish katta mas’uliyatdir,” — dedi Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. U, shuningdek, bu yutuqni sportni hammaga ochiq qilish yo‘lida mehnat qilayotgan jamoasining muvaffaqiyati deb atadi.

 

Shahnoza Mirziyoyeva ushbu lavozim orqali suv sport turlarini rivojlantirishga yanada ko‘proq e’tibor qaratilishini ta’kidladi. Uning fikricha, World Aquatics doirasidagi sport turlari ommabopligini oshirish va o‘zbek sportchilarining xalqaro maydonlarda faol ishtirokini kuchaytirish muhim vazifa bo‘lib qoladi.

 

Ma’lumot uchun, Mirziyoyeva ayni paytda O‘zbekiston Paralimpiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritmoqda.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"