O'zbekiston

Elektr uzilishlari bo‘yicha vazirlikka senator so‘rovi yuborildi

Vazirlikdan bu bo‘yicha tushuntirishlar berish so‘ralmoqda.

Elektr uzilishlari bo‘yicha vazirlikka senator so‘rovi yuborildi

Toshkent shahrida elektr energiyasi taʼminotida so‘nggi paytlarda uzilishlar ko‘paygani aholining kundalik hayoti, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

 

Aholi va tadbirkorlar tomonidan elektr taʼminotidagi 3–4 soatlik uzilishlar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bildirilmoqda. Ushbu uzilishlar nafaqat fuqarolarning kundalik turmush tarziga, balki tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining barqaror ishlashida ham muammolar yuzaga kelmoqda.

 

Xususan, svetoforlar faoliyatidagi uzilishlar transport harakatini tartibga solishda qiyinchilik tug‘dirmoqda, bu esa yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish va savdo obyektlarida sovitish tizimlarining ishdan chiqishi natijasida yirik moliyaviy zararlar yuzaga kelayotgani, xonadonlarda esa maishiy texnika vositalarining ishdan chiqishi holatlari aniqlanmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 39-moddasiga ko‘ra, elektr energiyasi isteʼmolchilari sifatli va barqaror elektr energiyasini olish huquqiga ega. Shuningdek, ushbu Qonunning 61-moddasida taʼkidlanishicha, taʼminotni to‘xtatish yoki cheklash faqatgina baxtsiz hodisalarning oldini olish yoki avariyalarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova tomonidan tegishli tushuntirishlar berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov nomiga senator so‘rovi yuborilgan.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"