O'zbekiston

Navoiyda havoni ifloslantirgan 22 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Shuningdek, kamchiliklarini bartaraf etmagan 19 ta korxonalarning faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha sudga daʼvo arizalari kiritilgan.

Navoiyda havoni ifloslantirgan 22 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rahbariyati hamda Bosh prokuraturadan iborat ishchi guruh Ekologiya vazirining topshirig‘iga binoan Navoiy shahrida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

 

O‘rganish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda: birinchisi — shaharda qayd etilgan oq tuman (yoki oq tutun) manbaini aniqlash, ikkinchisi — sanoat chiqindilari bilan bog‘liq umumiy ekologik vaziyatni yaxshilash.

 

19 iyul kuni Navoiy shahrida atmosfera havosining oq tutun bilan ifloslanishi bo‘yicha laboratoriya tahlillari va boshqa maʼlumotlar to‘plandi. Navoiy shahri hududi bo‘ylab 11 ta nuqtadan ko‘chma laboratoriya orqali havoning ifloslanish darajasi tahlil qilinganda oltingurgurt ikki oksidi (So₂) belgilangan meʼyordan 1,86 baravar, ammiak (NH₃) esa 1,43 baravar yuqori ekanligi maʼlum bo‘lgan.

 

Shuningdek, Navoiy shahrida umumiy ekologik vaziyatni o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha 3 ta guruh shakllantirilib, shahar va unga tutash hududlardagi 168 ta sanoat korxonasi faoliyati o‘rganilmoqda. 

 

Bugunga qadar 42 ta korxona o‘rganilib, ekologiya sohasidagi qonun talabalariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan jarima choralarini qo‘llash uchun sud organlariga materiallar tayyorlangan.

 

22 ta korxona faoliyati ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaganligi, atmosfera, yer va suv muhofazasi bilan bog‘liq talablar qo‘pol ravishda buzilganligi, betartib chiqindixonalar yaratilganligi sababli ularning faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ushbu korxonalarga ham 10 kunlik muddat berildi. Kamchiliklarini bartaraf etmagan 19 ta korxonalarni faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha sudga daʼvo arizalari kiritilgan.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"