Samolyotda talaba o‘zbekistonlik ayolni o‘limdan qutqarib qoldi
Toshkentdan Dehliga uchayotgan samolyotda Toshkent tibbiyot universiteti talabasi og‘ir ahvoldagi 48 yoshli ayolning hayotini saqlab qoldi

Maʼlum qilinishicha, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi bo‘lgan Mohamed Aneess bir necha kun oldin Toshkentdan Dehliga uchayotgan bo‘lgan.
Parvoz davomida styuardessalar tomonidan bortdagilar orasida shifokorlar bor yoki yo‘qligi so‘ralgan . Hech kim javob bermagach, hindistonlik talaba o‘rnidan turadi va bemorga yordam bera olishi mumkinligini bildiradi.
Mohamed Aneesning so‘zlariga ko‘ra, 48 yoshli bemor jigar muolajasi uchun Dehliga uchayotgan bo‘lgan. U bemorni ahvolini tekshirishi davomida qon bosimi yaxshiligini ammo, yurak urishi juda tez ekanini aniqlaydi.
Tekshiruvdan so‘ng, talaba bemorda taxikardiya (SVT) xuruji bo‘layotganini bildiradi. U bunday holatni stress, xavotir sabab yuzaga kelganini aytgan.
Shuning uchun men unga karotid massajini qildim. Hatto modifikatsiya qilingan Valsalva usulini ham sinadik. Taxminan 10–15 soniya ichida so‘ng, u o‘zini yaxshi his qildi-degan bo‘lajak shifokor.
Somalyot Dehliga qo‘ngach, bemor shifokorlarga topshirilgan.







