O'zbekiston

O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalari yangi bosqichga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonning oliy ordeni bilan taqdirlanishi shunchaki rasmiyatchilik emas.

O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalari yangi bosqichga chiqdi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etish uchun Kaspiy bo‘yidagi Avazaga tashrif buyurdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov taʼkidlaganidek, ushbu tashrif O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining o‘ziga xosligini yana bir bor tasdiqladi.

 

Taʼkidlanganidek, 2017 yil mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk davlat tashrifini Turkmanistonga amalga oshirgani bejiz emas. O‘tgan yillar mobaynida davlat rahbari, Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning saʼy-harakatlari tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar butunlay yangi darajaga ko‘tarildi. Bugun O‘zbekiston va Turkmaniston Markaziy Osiyoda chinakam yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikning yorqin namunasidir.

 

BMT konferensiyasi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlangani ham ikki davlat o‘rtasidagi hurmatning yuksak darajasini anglatadi.

 

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimiz qo‘shni va dunyodagi yetakchi davlatlarning bir qator nufuzli mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Qozog‘istonning "Oltin qiran" va “Do‘stlik”, Qirg‘izistonning "Danaker", Tojikistonning "Zarrintoj", Rossiyaning Aleksandr Nevskiy, Fransiya Faxriy legioni, Turkiyaning “Respublika” ordenlari, Turkiy dunyoning oliy ordeni, MDH faxriy nishoni, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni va boshqalar shular jumlasidan.

 

Albatta, bu mukofotlarning har biri faqatgina Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga berilgan baho emas. Ularning ortida davlatimiz rahbarining hamkasblari, hamkor mamlakatlar yetakchilari bilan birgalikdagi samarali mehnati turadi. Ana shunday hamjihatlik tufayli Markaziy Osiyo bugun raqobat emas, balki hamkorlik makoniga aylanib borayotganida ularning ham xizmatlari beqiyos.

 

Umuman olganda, bu mukofotlar O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda ishonchli, masʼuliyatli va tashabbuskor hamkor sifatidagi mavqei mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat strategiyasi balandparvoz bayonotlarga emas, balki aniq amaliy harakatlarga: o‘zaro kelishuvlar, qo‘shma loyihalar, ochiq chegaralar, yangi transport yo‘laklari va muloqot maydonlariga tayanadi. Bularning barchasi – xalqimiz hayotini yaxshilash va farovonligini yuksaltirish uchun.

 

Shu nuqtai nazardan, Turkmaniston ordenining berilishi rasmiyatchilik emas, balki O‘zbekistonning mintaqada barqarorlik va hamkorlikni taʼminlashdagi faol va konstruktiv pozitsiyasining eʼtirofidir. Bu shunchaki mukofot emas, balki global beqarorlik, ishonch taqchilligi va xatarlar fonida O‘zbekiston va uning hamkorlari mintaqada yaratayotgan barqaror muhit katta qadriyatga aylanayotganiga ishora. Ana shu barqarorlikni kim taʼminlayotgan bo‘lsa, uning mehnati munosib eʼtirofga loyiq.

 

Tashrifning yana bir taʼsirli lahzasi Arqadag‘ Turkmanistonda shakllangan protokol tartib-qoidalaridan chetga chiqib, Prezidentimizni aeroportda shaxsan kuzatib qo‘ygani bo‘ldi. Bu o‘zaro hurmatga asoslangan samimiy va do‘stona munosabatlarning, xalqlarimiz o‘rtasidagi chinakam qardoshlik rishtalarining bebaho namunasidir, deya qayd etgan Sherzod Asadov.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalari yangi bosqichga chiqdi | Zamon.uz