O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyeyov Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Hindiston Bosh vaziri bilan telefonlashdi.

Prezident Shavkat Mirziyeyov Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 avgust kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Bosh vazir va do‘st Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram - mamlakat Mustaqilligi kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

 

O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, turli darajalarda faol va sermahsul muloqotlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 60 foizga oshdi, 40 ga yaqin yangi qo‘shma korxona va kooperatsiya loyihalari ishga tushirildi. Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarning joriy portfeli ikki milliard dollarga yetdi. O‘zbekistonda Hindiston universitetlarining to‘rtta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

 

Yetakchilar farmatsevtika va kimyo sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika, konchilik, qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratdilar.

 

“Shimol-Janub” yo‘lagi doirasida samarali transport-tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini Toshkent shahrida samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi. Madaniyat va kino kunlarini o‘zaro tashkil etish, hududlar darajasida almashinuvlarni faollashtirish taklif qilindi.

 

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.