O'zbekiston

Toshkentda Pokiston milliy bayrami o’tkazildi

Pokistondan yo‘lga chiqqan xalqaro motorralli ishtirokchilari ham O‘zbekistonga yetib kelib, bayramda ishtirok etdi.

Toshkentda Pokiston milliy bayrami o’tkazildi

1-avgust kuni Pokiston poytaxti Islomobod shahrida Central Asia Tour – 2025 xalqaro motorrallisi start oldi. 16 nafar sayohatchidan iborat guruh “Islomobod–Peshovar” yo‘nalishi bo‘ylab safarini boshladi. Dasturga ko‘ra, ishtirokchilar 23 kun davomida Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Tojikiston hududidan o‘tuvchi 5000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi. 14-avgust kuni ralli qatnashchilari Toshkentga yetib kelib, Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasida o‘tkazilgan Pokiston Milliy bayrami tadbirida ishtirok etishdi.

 

Pokiston 1947-yilning 14-avgustida mustaqillikka erishgan bo‘lib, bu sana har yili mamlakat bo‘ylab va xorijdagi elchixonalarda Davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarish marosimi bilan boshlanadi. An’anaga ko‘ra, bu yil ham asosiy tadbir poytaxt Islomobodda bo‘lib o‘tdi. Prezident va bosh vazir Parlament binosi oldida Milliy bayroqni ko‘tarib, hukumat yutuqlari hamda kelgusi rejalar haqida ma’lumot berishdi. Toshkentdagi marosimda ham prezident va bosh vazirning tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbirga Pokiston Milliy Assambleyasi a’zosi, Pokiston–O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Sayed Rafiulla, Central Asia Tour – 2025 rahbari Muhammad Mukarram va ralli ishtirokchilari qatnashdi.

 

Ralli rahbari Muhammad Mukarram so‘zida Pokiston haqida ko‘pchilikda noto‘g‘ri tasavvur mavjudligini, aslida mamlakatda turizm salohiyati juda katta ekanini ta’kidladi. U Afg‘oniston orqali O‘zbekistonga bemalol kelganlarini, yo‘llar xavfsizligini aytib, Termiz, Samarqand, Buxoro va Toshkentda bo‘lib, o‘zbek xalqining boy madaniyati hamda mehmondo‘stligidan chuqur taassurot olganini bildirdi.

 

Central Asia Tour – 2025 Pokistonning O‘zbekiston va Tojikistondagi elchixonalari hamda Pokiston turizmni rivojlantirish korporatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan. Tashabbus mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Ralli qatnashchilari O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixi va turizm salohiyati haqida turkum videomateriallar tayyorlashni rejalashtirgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Pokiston milliy bayrami o’tkazildi | Zamon.uz