O'zbekiston

Namanganda bolalarga noqonuniy diniy taʼlim berganlar ushlandi

Hozirda soxta “dindorlar” hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga chora ko‘rilgan.

Namanganda bolalarga noqonuniy diniy taʼlim berganlar ushlandi

Namangan viloyatida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi. Bu haqida DXX axborot xizmati Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Namangan shahrining Baliqchi ko‘chasida istiqomat qiluvchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ko‘p qavatli uylarning birida 15 nafar shaxsga diniy saboq bergan bo‘lsa, Maʼrifat mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol o‘z xonadonida 14 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy o‘qish tashkil etib, ularning har biridan oyiga 1,5 million so‘mdan pul olib kelgan.

 

Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983 yilda tug‘ilgan shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 nafar voyaga yetmagan qizlarga va 3 nafar fuqaroga diniy taʼlim berib kelgan.

 

Ayni shu kabi holat Uychi tumanining Mashad mahallasida ham kuzatilib, unda 48 yoshli fuqaro o‘z uyida voyaga yetmagan bolalarni to‘plab, moddiy manfaat evaziga diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.

 

Taʼkidlanishicha, bunday qonunbuzarliklar To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida istiqomat qiluvchi 1975 va 1981 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs tomonidan ham sodir etilgan.

 

Qilmishlari fosh bo‘lgan barcha soxta “dindorlar” hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda bolalarga noqonuniy diniy taʼlim berganlar ushlandi | Zamon.uz