O'zbekiston

Piskent avtopoligonidagi avtomobil sinovlari bekor qilindi

Endilikda avtomobillarni sinovdan o‘tkazish amaliyoti rasmiy dilerlar tizimi orqali amalga oshiriladi.

Piskent avtopoligonidagi avtomobil sinovlari bekor qilindi

2-sentabrdan boshlab avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovdan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatildi.

 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatimizda xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilarining 21 ta rasmiy dileri faoliyat boshlagan. Shuningdek, 100 dan ortiq avtomobil rusumlari uchun turini ma’qullash hujjatlari rasmiylashtirilgan.

 

Natijada, iste’molchilarga rasmiy dilerlar orqali kafolatlangan transport vositalarini xarid qilish imkoniyati kengaytirildi. Shuningdek, respublika bo‘ylab dilerlik va servis markazlari sonining ortishi, aholining to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy vakillar bilan ishlash tizimiga o‘tishi inobatga olinib, Piskent avtopoligonida avtomobillarni sinovdan o‘tkazish jarayonlariga ehtiyoj qolmagan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.