O'zbekiston

Hazrati Usmon Musʼhafi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi

Ayni vaqtda u 338 ta varaqdan iborat bo‘lib, ularning har biri muqaddas oyatlarni o‘z ichiga oladi.

Hazrati Usmon Musʼhafi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi

Hazrati Imom majmuasida joylashgan “Mo‘yi muborak” madrasasidan islom tarixining eng ulug‘ va muqaddas qo‘lyozmalaridan biri — Hazrati Usmon (r.a.) davrida ko‘chirilgan Usmon Musʼhafi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga joylashtirilib, keng jamoatchilikka taqdim etildi.

 

Islom tarixining eng ulug‘ va muqaddas qo‘lyozmalaridan biri bo‘lgan ana shu bebaho qo‘lyozma — Hazrati Usmon (r.a.) davrida ko‘chirilgan Usmon Musʼhafining taqdimoti bilan boshlandi.

 

“Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongressi ishtirokchilari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Qurʼoni Karim zalini tomosha qilishga musharraf bo‘lishdi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov kongress qatnashchilariga Qurʼon zali va undan o‘rin oladigan artefaktlar haqida maʼlumot berdi.

 

–  Ushbu zal muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mualliflik g‘oyasi asosida barpo etildi. Zalning umumiy maydoni 1200 kvadrat metrni, balandligi esa 64  metrni tashkil etadi. 50 tonna vaznga ega bo‘lgan ulkan va benazir qandil osilgan. U dunyodagi eng yirik qandillardan biri bo‘lib, dunyoga mashhur Svarovski toshlari bilan bezatilgan.


Zal pushti rangli qimmatbaho marmar bilan qoplangan bo‘lib, eng qimmatli gavhari, albatta, muhtaram va muqaddas Qurʼoni Karim – Usmon (r.a.) Qurʼonidir. Maʼlumki, bu noyob nusxa Uchinchi xalifa Usmon (r.a.)ning bevosita farmoni asosida yaratilgan. Hozirgi kunda ushbu nodir qo‘lyozma YUNESKOning “Jahon merosi” ro‘yxatiga kiritilgan. Bugun sizlarga shu markazda amalga oshirilgan ishlar bilan birinchi bo‘lib tanishish  sharafiga muyassar bo‘lyapsiz.


Shuni ham qayd etishni istardimki, ushbu muqaddas Qurʼon atrofida yana 114 ta nodir Qurʼon nusxasi saqlanmoqda – ular orasida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, temuriylar, shayboniylar davrida ko‘chirilgan nodir musʼhaflar bor.


Ishonchim komilki, siz — aziz mehmonlarimiz, do‘stlarimiz va hamkasblarimiz bilan birgalikda mamlakatlarimiz madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib etish yo‘lida ulkan va xayrli maqsadlarni amalga oshiramiz, – dedi markaz direktori.

 

Hujjatlarga ko‘ra, XX asr boshlarida Musʼhaf 353 varaqdan iborat bo‘lgan. Bir asr mobaynida uning 15 sahifasi yo‘qolib ketgan. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 iyundagi 115-sonli “Usmon Musʼhafi”ni talab darajasida saqlashni taʼminlash to‘g‘risida”gi maxsus qarori qabul qilindi. Germaniyadan olib kelingan maxsus sandiq (sarkofag)da bu nodir asar namlik va harorat moʻtadil sharoitda saqlandi.


 
Ayni vaqtda u 338 ta varaqdan iborat bo‘lib, ularning har biri qalin terida 12 qatordan yozilgan muqaddas oyatlarni o‘z ichiga oladi. Ajablanarlisi, oyatlarning katta qismi chirigani sababli sahifalar qog‘oz bilan yamalgan va oyatlar ularning ustida qaytadan yozilgan.


Hazrati Usmon Musʼhafida Qurʼonning 114 surasidan bor-yo‘g‘i ikkitasi — “Anʼom” va “Toha” suralari to‘liq yetib kelgan. Boshqa suralar yo qisman, yo umuman yo‘qolgan. Hozirgi holatda 6236 oyatdan faqat 2108 tasi saqlanib qolgan.

 

2025 yilda Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi Kuvayt va Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan xizmat safarlar chog‘ida Musʼhafning yo‘qolgan sahifalaridan yana 7 tasini aniqladi. Xususan, Kuvaytdagi Rajab Toriq muzeyidan 6 ta - 70, 80, 211, 217, 246, 340 sahifalar, Britaniyadagi mashhur kolleksiyadan 1 ta varaq  - Oli Imron surasining 178-179 oyatlari bitilgan sahifasi topildi. Ular Toshkentdagi Musʼhafning aynan yetishmayotgan sahifalari ekani maʼlum bo‘ldi.  
     

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Hazrati Usmon Musʼhafi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi | Zamon.uz