Jahon

Nega Xitoy Eron uchun urushga kirmaydi?

AQSh o‘z ittifoqchilarini himoya qilish orqali mintaqaviy va global ta’sirini mustahkamlab kelgan. Shu sababli, odatda biz buyuk davlat deganda, o‘z hamkorlarini harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydigan davlatni tasavvur qilamiz. Agar Xitoy global yetakchilikka da’vo qilayotgan bo‘lsa, u ham xuddi shunday yo‘l tutishi kerakdek tuyuladi — ya’ni Eronga yordam berishi kerak. Ammo Xitoy bunday qilmayapti.

Nega Xitoy Eron uchun urushga kirmaydi?

Eron atrofida harbiy keskinlik kuchaygan bir paytda eng ko‘p ko‘tarilayotgan savollardan biri — nega Xitoy yaqin hamkori hisoblangan Eronga AQSh va Isroil bilan to‘qnashuv sharoitida harbiy yordam ko‘rsatmayapti?

 

Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, Xitoy va Eron qanchalik yaqin hamkorlardek ko‘rinmasin, ular o‘rtasida rasmiy harbiy ittifoq yoki o‘zaro mudofaa majburiyatlarini nazarda tutuvchi kelishuv mavjud emas.

 

Umuman olganda, bu savolning o‘zi ham ko‘p jihatdan Xitoyning harakatlarini boshqa buyuk davlatlar tarixi orqali tushunishga urinishdan kelib chiqadi. O‘tmishda ko‘plab qudratli davlatlar, xususan AQSh, o‘z ittifoqchilarini himoya qilish orqali mintaqaviy va global ta’sirini mustahkamlab kelgan. Shu sababli, odatda biz buyuk davlat deganda o‘z hamkorlarini harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydigan davlatni tasavvur qilamiz. Agar Xitoy global yetakchilikka da’vo qilayotgan bo‘lsa, u ham xuddi shunday yo‘l tutishi kerakdek tuyuladi.

 

Misol uchun, Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh global yetakchilikni harbiy ittifoqlar tarmog‘i orqali shakllantirdi. Sovuq urush sharoitida rasmiy Vashington Sovet Ittifoqiga qarshi global blok shakllantirish uchun o‘z ittifoqchilarga eng muhim strategik resurs — xavfsizlikni taklif qildi. Shunday qilib, o‘nlab yillar davomida Amerika ta’sirini qo‘llab-quvvatlagan, ammo shu bilan birga ulkan resurslarni talab qilgan global ittifoq arxitekturasi paydo bo‘ldi.

 

Biroq bunday tizimning o‘z bahosi bor. Ittifoqchilar xavfsizligini ta’minlash katta moliyaviy, harbiy va siyosiy resurslarni talab qiladi. Aynan shuning uchun bugun prezident Tramp “ittifoqchilar xavfsizligining asosiy moliyaviy va harbiy yukini AQSh ko‘tarishi qanchalik adolatli?” degan savolni ochiq ko‘taryapti. Biroq AQSh uchun ushbu kafolatlardan birdaniga voz kechish oson emas, chunki aynan shu kafolatlar AQShning global ta’sirining asosiy poydevoriga aylangan.

 

Xitoy bu tizimni kuzatib turib boshqacha xulosaga keldi.

 

Birinchidan, Xitoyning yuksalishi Sovuq urush davridagi kabi qat’iy, total qutblangan xalqaro muhitda emas, boshqa xalqaro muhitda sodir bo‘lmoqda. Ikkinchidan, Xitoy AQSh kabi boshqa davlatlarga harbiy xavfsizlik kafolatlarini bermagan. Pekin o‘z ta’sirini harbiy majburiyatlar orqali emas, balki iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik orqali shakllantirish yo‘lini tanladi. Bunday yondashuv ham ta’sirni ta’minlaydi, boz ustiga Xitoyga o‘z askarlarini begona urushlarga yuborishga hojat qoldirmaydi.

 

Shu bilan birga, Xitoy bir vaqtning o‘zida Eron, Saudiya Arabistoni, BAA va Isroil bilan munosabatlarni muvozanatda saqlab kelmoqda. Xitoy uchun Yaqin Sharq, birinchi navbatda, energiya ta’minoti va savdo yo‘llari tugunidir. Bir tomonga harbiy yordam berish boshqa bir necha davlatlar bilan muhim aloqalarga putur yetkazishi mumkin. Agar Xitoy to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron tomonida tursa va unga harbiy ko‘mak bersa, u avtomatik ravishda Eronga qarshi turgan davlatlarning raqibiga aylanadi. Bu esa uning eng muhim strategik pozitsiyasi — barcha bilan hamkorlik qila oladigan yirik savdo va investitsiya hamkori sifatidagi mavqeiga zarar yetkazishi mumkin.

 

Shu ma’noda Xitoy bloklarga bo‘lingan qarama-qarshilik mantiqidan chetda turishga intiladi. Demokratik va avtoritar rejimlar, farovon va kambag‘al davlatlar, diniy va sekulyar jamiyatlarga bo‘lingan dunyoda Pekin barcha uchun universal sherik maqomini saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun Xitoyning strategiyasi bir tomonning ittifoqchisi bo‘lish emas, balki barcha uchun sherik bo‘lib qolishdir.

 

Eng muhimi esa, Xitoy harbiy kafolatlarni buyuk davlatning ajralmas belgisi deb hisoblamaydi. Shu o‘rinda Xitoy dunyoga kuch va qudratning boshqa modelini taklif qilmoqda. O‘z ittifoqchilarining xavfsizligini ta’minlaydigan AQShdan farqli o‘laroq, Xitoy boshqa ta’sir formulasini taklif qiladi: bozorlar, investitsiyalar, infratuzilma va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik.

 

O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari Joʻraboyev Ibrohimjon

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.