Jinoyat

Buxoro va Surxondaryoda qariyb 13 kg opiy aylanmasi to‘xtatildi

Giyohvandlik moddasi Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Buxoro va Surxondaryoda qariyb 13 kg opiy aylanmasi to‘xtatildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalarining yirik partiyasi noqonuniy aylanmadan chiqarildi. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahrida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan va muqaddam narkojinoyat uchun sudlangan shaxs boshqaruvidagi Chevrolet Lacetti avtomashinasi “Surxondaryo–Buxoro” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Kogon tumanida to‘xtatilgan.

 

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, motor qismidagi havo filtri ostiga yashirilgan 993 gramm “opiy” moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Surishtiruvlar davomida gumonlanuvchi ushbu narkotik moddani Termiz tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan va xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxsdan olgani ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbirlar davom ettirilib, mazkur shaxs ham ushlangan.

 

Uning yonidan 5 kilogramm, yashash manzilidan esa yana 7 kilogramm “opiy” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu moddalar avval Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan bo‘lishi mumkin.

 

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"