Jahon

Pentagon Trampga Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot beryapti — The Atlantic

AQSh vitse-prezidenti Pentagon ma’lumotlariga shubha bildirib, mamlakatda qurol-yarog‘ zaxirasi kamayib borayotganidan xavotirda.

Pentagon Trampga Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot beryapti — The Atlantic

The Atlantic nashrining yozishicha, Pentagon Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot berib, Trampni aldamoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh vitse-prezidenti Vens yopiq uchrashuvlarda Mudofaa vazirligining urush haqidagi ma’lumotlariga shubha bildirib, ayniqsa AQSH raketa zaxiralarining keskin kamayishi bilan bog‘liq savollarni o‘rtaga tashlagan. 

 

U mazkur xavotirlarini prezident Donald Tramp bilan muhokama qilgan.

 

Manbalar o‘q-dori zaxiralarining kamayishi AQSHning boshqa ehtimoliy mojarolardagi qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda. Xususan, bu zaxiralar Tayvanni Xitoydan, Janubiy Koreyani Shimoliy Koreyadan va Yevropani Rossiyadan himoya qilishda ham muhim ahamiyatga ega.

 

Shu bilan birga, AQSH mudofaa vaziri Pet Hegset hamda Qo‘shma shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Dan Keyn ommaviy chiqishlarida qurol zaxiralari yetarli ekanini ta’kidlab, Eronga qarshi amaliyotlar samarali kechayotganini bildirmoqda.

 

Biroq razvedka ma’lumotlaridan xabardor manbalarga ko‘ra, bu bayonotlar asl holatni to‘liq ochib bermaydi.  Eron harbiy salohiyatining katta qismini saqlab qolgan, jumladan havo kuchlarining uchdan ikki qismi va raketa imkoniyatlarining asosiy qismi hali ham faol.

 

Shuningdek, AQSH tomonidan qo‘llanilgan ayrim asosiy qurol turlari — interseptorlar va Tomahawk kabi raketa tizimlari — zaxiralarining kamayishi qayd etilmoqda. Center for Strategic and International Studies ma’lumotiga ko‘ra, AQSH ayrim muhim o‘q-dorilar zaxirasining yarmidan ko‘prog‘ini sarflab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Pentagon esa bu iddaolarni rad etmoqda. Rasmiy bayonotda vazirlik rahbariyati prezidentga “to‘liq va xolis ma’lumot” taqdim etayotgani ta’kidlangan.

 

Avvalroq Donald Tramp Eronga qarshi amaliyotlarda erishilgan natijalarni “g‘alaba” deb baholab, AQSH qurol zaxiralarining “deyarli oxiri yo'q” ekanini aytgan edi.

 

Ayni paytda, tahlilchilarga ko‘ra, urush tez yakunlanishi haqidagi kutilmalar o‘zini oqlamayapti va mojaro cho‘zilib, noaniq holatga yuzaga kelmoqda. So‘nggi voqealar esa, jumladan Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlikning oshishi, Eron harbiy imkoniyatlari saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.