Jahon

Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Tashiyev bilan yana 2 nafar sobiq amaldor mazkur ish yuzasidan so‘roq qilindi.

Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida bir qator sobiq yuqori lavozimdagi shaxslar so‘roq qilindi. Bu haqda advokat Sherdor Abdiqaparovga tayanib, 24.kg xabar berdi.

 

Advokatning bildirishicha, Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining (GKNB) sobiq raisi Qamchibek Tashiyev, sobiq deputat Kurmankul Zulushev hamda Jogorku Keneshning sobiq raisi Nurlanbek Shakiyev Ichki ishlar vazirligiga chaqirilib, so‘roq qilingan.

 

Ma’lum qilinishicha, ularga nisbatan ushbu ish bo‘yicha avval boshqa gumondorlarga qo‘llanilgan ayblovlar doirasida protsessual harakatlar amalga oshirilgan. Ayblovlar ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish hamda tergov tomonidan davlat to‘ntarishiga urinish sifatida baholanayotgan harakatlar bilan bog‘liq.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbalarga ko‘ra, so‘roqlar IIVning Bosh tergov boshqarmasida bir necha soat davom etgan va shundan so‘ng sobiq amaldorlar idora binosini tark etgan.

 

Rasmiy idoralar hozircha ayblovlar mazmuni va tergov jarayoniga oid batafsil ma’lumotlarni oshkor etmagan. Biroq manbalarga ko‘ra, tergov “75 maktubi” deb ataluvchi murojaat bilan bog‘liq.

 

Avval xabar berilganidek, fevral oyida 75 nafar shaxs Sadir Japarov hamda Jogorku Kenesh rahbariyatiga murojaat yo‘llab, muddatidan oldin prezident saylovlarini o‘tkazishni taklif qilgan edi.

 

Ushbu voqealardan keyin Kamchibek Tashiyev GKNB raisi va Vazirlar kabineti raisining o‘rinbosari lavozimlaridan ozod etilib, GKNBda qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi.

 

Xususan, bir qator yuqori lavozimdagi amaldorlar ishdan olindi. Nurlanbek Shakiyev raislikdan ketib, deputatlik mandatini topshirdi. Kurmankul Zulushev ham deputatlik vakolatlaridan voz kechdi. Keyinchalik mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Qayd etilishicha, “75 maktubi”ni imzolaganlarning bir qismi tergov hibsxonasiga joylashtirilgan bo‘lib, ularga ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish aybi qo‘yilgan.

 

Avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Kamchibek Tashiyev ushbu murojaat mualliflari bilan uchrashganini rad etganini bildirgan. Shu bilan birga, u Tashiyev kelgusida davlat lavozimlariga tayinlanmasligini ta’kidlagan.

 

Uning ukasi Shoirbek Tashiyev ham deputatlik mandatini topshirib, korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilingan.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"