Jahon

AQSHda Tramp surati tushirilgan pasportlar chiqariladi

Yangi dizayndagi pasportlar Qo‘shma Shtatlar mustaqilligining 250-yilligi munosabati bilan iyul oyida taqdim etiladi.

AQSHda Tramp surati tushirilgan pasportlar chiqariladi

AQSHda Donald Tramp tasviri tushirilgan cheklangan miqdordagi yubiley pasportlar chiqariladi. Bu haqda Oq uyga tayanib, BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yangi dizayndagi pasportlar Qo‘shma Shtatlar mustaqilligining 250-yilligi munosabati bilan iyul oyida taqdim etiladi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, mazkur pasportlar taqdimoti boshlangach, pasport olish uchun murojaat qilgan barcha AQSH fuqarolari uchun mavjud bo‘ladi va zaxira tugagunga qadar tarqatiladi. Ular faqat Vashingtondagi maxsus pasport agentligi orqali berilishi belgilangan.

 

AQSH Davlat departamenti taqdim etgan namunada prezident surati Mustaqillik deklaratsiyasi matni va Amerika bayrog‘i fonida aks etgan, shuningdek, unga oltin rangdagi imzo qo‘shilgan.

 

Hozirgi kunda AQSH pasportlarida mamlakat tarixiga oid lavhalar, jumladan oyga qo‘nish manzarasi hamda Ozodlik haykali kabi milliy ramzlar tasvirlangan.

 

Shu bilan birga, fuqarolar ushbu maxsus dizayndan voz kechish imkoniga ega bo‘ladimi-yo‘qmi — hozircha ma’lum emas.

 

Bu tashabbus Tramp ma’muriyati tomonidan prezident nomi va qiyofasini davlat dasturlari hamda jamoat obyektlari bilan bog‘lashga qaratilgan siyosatning davomi sifatida baholanmoqda.

 

Avvalroq 2026-yil iyundan boshlab AQSH qog‘oz pullarida prezident Donald Trampning imzosi aks etishi haqida xabar berilgandi.

 

Bundan tashqari, AQSh Mustaqillik bayrami munosabati bilan Trampning stol atrofida mushtini tugib turgan tasviri va “Ozodlik” yozuvi tushirilgan 24 karatli oltin tanga chiqarilishi ham ma’lum qilingandi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.