Jahon

Erondagi mojaro 5 million tonna issiqxona gazlari chiqindisiga sabab bo‘ldi — OAV

Bu ko‘rsatkich 84 mamlakatning umumiy yillik chiqindilariga teng.

Erondagi mojaro 5 million tonna issiqxona gazlari chiqindisiga sabab bo‘ldi  — OAV

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari iqlimga sezilarli zarar yetkazgan.

 

The Guardian nashrining yozishicha, mojaroning dastlabki 14 kunidayoq atmosferaga qariyb 5 million tonna issiqxona gazlari chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, 84 mamlakatning umumiy yillik chiqindilariga teng.

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng katta chiqindilar vayron qilingan binolar hisobiga yuzaga kelgan bo‘lib, ular qariyb 2,4 million tonna karbon chiqindilariga sabab bo‘lgan. Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro davomida 20 mingga yaqin fuqarolik inshooti zarar ko‘rgan.

 

Ikkinchi yirik manba yoqilg‘i yoqilishi bo‘lgan. AQShning uzoq harbiy bazalaridan, jumladan G‘arbiy Angliyadan uchib kelgan og‘ir bombardimonchi samolyotlar 150–270 million litr yoqilg‘i sarflagani aytilmoqda. Natijada 529 ming tonna qo‘shimcha chiqindi yuzaga kelgan.

 

Shuningdek, neft infratuzilmasidagi yong‘inlar ham ekologik zarar ko‘lamini oshirgan. Hisobotga ko‘ra, Tehron yaqinidagi neft omborlariga berilgan zarbalar hamda Fors ko‘rfazidagi inshootlarga qilingan javob hujumlari oqibatida 1,88 million tonna chiqindi atmosferaga chiqarilgan. Ushbu hodisalar davomida 2,5–5,9 million barrel neft yonib ketgani qayd etilgan.

Harbiy texnikaning yo‘q qilinishi ham qo‘shimcha chiqindilarni keltirib chiqargan. Hisobotda to‘rtta AQSh samolyoti, 28 ta Eron samolyoti, 21 ta kema va qariyb 300 ta uchirish moslamasi yo‘q qilingani natijasida 172 ming tonna zararli gaz chiqarilgani qayd etiladi. Bundan tashqari, ikki hafta davomida qo‘llangan bombalar, raketalar va dronlar yana 55 ming tonna chiqindi hosil qilgan.

 

Tadqiqot mualliflaridan biri, Ganadagi Energetika va resurslar universiteti olimi Fred Otu-Larbi, mojaro davom etishi va neft infratuzilmasiga hujumlar ko‘payishi bilan chiqindilar yanada ortishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Uning ta’kidlashicha, qisqa vaqt ichida bunday hajmdagi chiqindilar chiqarilishi jiddiy ekologik xavf tug‘diradi.

 

Iqlim va jamiyat instituti tadqiqot direktori Patrik Bigger esa har bir harbiy zarba global iqlim barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, urush tufayli yuzaga keladigan energetik inqirozlar ko‘pincha yangi neft va gaz loyihalarining kengayishiga olib keladi, bu esa iqlim muammolarini yanada kuchaytirishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Erondagi mojaro 5 million tonna issiqxona gazlari chiqindisiga sabab bo‘ldi — OAV | Zamon.uz