O'zbekiston

O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarini undirish tartibi soddalashtirildi

Shuningdek, bir qator qarzdorliklar uchun fuqarolar bank hisoblaridan mablag‘ yechib olish taqiqlandi, ammo ish haqi va pensiyadan undirish saqlab qolindi.

O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarini undirish tartibi soddalashtirildi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 20-aprel kuni imzolangan qonun bilan ayrim turdagi qarzlarni undirish mexanizmi soddalashtirildi. Hujjat rasman e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kirdi.

 

Hujjatga asosan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, soddalashtirilgan ijro tartibi qo‘llaniladigan qarzlar doirasi kengaytirildi.

 

Qonun loyihasi avvalroq — 2025-yil 12-avgustda Qonunchilik palatasida qabul qilinib, 31-oktabr kuni Senat tomonidan tasdiqlangan edi.

 

Hujjatga ko‘ra, ilgari faqat ayrim majburiy to‘lovlarga nisbatan qo‘llanilgan soddalashtirilgan tartib endi quyidagi qarzdorliklarga ham tatbiq etiladi:

 

  • kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;

 

  • ko‘p qavatli uylar bo‘yicha majburiy badallar, ya’ni “kvartplata”;

 

  • pochta va videokonferensaloqa xarajatlari;

 

  • BHMning 5 baravarigacha (2,06 mln so‘mgacha) bo‘lgan har qanday undiruvlar.
  •  

Shu bilan birga, mazkur tartib jarima ko‘rinishidagi jinoiy jazolar yoki darhol ijro etilishi shart bo‘lgan hujjatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

 

Shuningdek, fuqarolarning bank hisobvaraqlaridan mablag‘ni majburiy tarzda yechib olish taqiqlanadi. Bu bilan davlat ijrochilarining bank kartalaridan avtomatik pul undirish vakolati bekor qilindi.

 

Biroq qarzdorlikni undirishning boshqa mexanizmlari saqlab qolingan. Xususan, qarz summasi ijro hujjatlari asosida fuqaroning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi yoki boshqa daromadlaridan ushlab qolinishi mumkin. 

 

Bunda ushlab qolinadigan miqdor mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oshmasligi kerak.

 

Soddalashtirilgan ijro tartibi qarzni undirishni qarzdorning yashash manziliga bormasdan turib amalga oshirish imkonini beradi. Jarayonlar asosan bank tizimlari va axborot texnologiyalari orqali masofadan yuritiladi.

 

Bunday tartibda mol-mulkni xatlash yoki chet elga chiqishni cheklash kabi keskin choralar qo‘llanilmaydi. Qarzdorga xabarnoma yuborilgach, unga qarzni ixtiyoriy to‘lash uchun 5 ish kuni beriladi. Ushbu muddatda uzrli sabablarsiz qarz to‘lanmasa, majburiy undirish boshlanadi va qo‘shimcha ravishda ijro yig‘imi hisoblanadi.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.