O'zbekiston

44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ishdan olindi

Shuningdek, “jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun” “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali rahbarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berildi.

44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ishdan olindi

 

Joriy yil 24-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida energiya samaradorligini oshirish va elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish masalalari tanqidiy muhokama qilingan edi. Yig‘ilishda elektr yo‘qotishlari 20 foizdan yuqori bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi holat keskin tanqid qilinib, bu borada mas’ul rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlangan edi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Shuningdek, yo‘qotishlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish hamda tizimga yosh va samarali kadrlarni jalb etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan edi.

 

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalari faoliyati chuqur tahlil qilinib, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va noqonuniy holatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

 

Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hududlarda ishchi guruhlar tashkil etildi. Ular tomonidan 106 mingdan ortiq transformator punktlari o‘rganilib, ularning 25 mingdan ziyodi ta’mirtalab ekani aniqlandi va ta’mirlash ishlari boshlangan.

 

Shuningdek, tarmoqlarda yuklamani kamaytirish, sim va uskunalarni yangilash, raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Gaz ta’minoti tizimidagi kamchiliklar ham tanqidiy ko‘rib chiqilib, “Hududgaz Xorazm” filiali rahbarini lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Shuningdek, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish, gaz quyish shoxobchalarini “UGaz” tizimiga ulash ishlarini qisqa vaqtda yakunlash, gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda aholiga uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq topshiriq va ustuvor vazifalar belgilab berildi.

 

Yig‘ilish yakunida elektr energiyasi yo‘qotishlari 20 foizdan yuqori bo‘lgan hududlar kesimida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Andijon filialidagi 14 ta, Jizzax filialidagi 7 ta, Samarqand filialidagi 10 ta, Qashqadaryo filialidagi 4 ta, shuningdek Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona filiallaridagi 2 tadan tuman (shahar) elektr korxonalari rahbarlari lavozimidan ozod etildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.