O'zbekiston

Naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tish uy joy ijara narxlariga qanday ta’sir qildi?

OLX platformasida joylashtirilgan 1,7 milliondan ortiq e’lonlar asosida 2026-yil aprel oyidagi uy joy ijara bozori holati o‘rganildi.

Naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tish uy joy ijara narxlariga qanday ta’sir qildi?

Toshkent shahrida uy-joy ijara bozorida narxlar naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tish ortidan keskin o‘zgarmagan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan tahlilda ma’lum qilindi.

 

Institut OLX platformasida joylashtirilgan 1,7 milliondan ortiq e’lonlar asosida 2026-yil aprel oyidagi bozor holatini o‘rgangan. Qayd etilishicha, 1-apreldan uy-joy oldi-sotdisida hisob-kitoblarning naqdsiz shaklga o‘tkazilishi ijara narxlarida darhol o‘sishga olib kelmagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil mart va aprel oylarida umumiy median ijara narxi bir xil — 550 dollar darajasida saqlanib qolgan. Shuningdek, e’lonlar sonida ham sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan: yanvar–mart oylarida o‘rtacha 22,6 ming e’lon joylashtirilgan bo‘lsa, aprel oyida bu ko‘rsatkich 22,8 mingtani tashkil etgan.

 

Shu bilan birga, bozor segmentlar kesimida turlicha dinamikani namoyon etmoqda. Xususan, bir xonali uylar narxi yiliga 14,3 foizga, ikki xonali uylar esa 10 foizga oshgan. Aksincha, uch xonali uylar narxi 12,5 foizga, to‘rt va undan ortiq xonali uylar esa 26,1 foizga arzonlashgan.

 

Hududlar kesimida eng yuqori ijara narxlari Mirobod (800 dollar), Shayxontohur (750 dollar) va Yakkasaroy (700 dollar) tumanlarida qayd etilgan. Nisbatan arzon hududlar sifatida Bektemir (390 dollar), Sergeli va Uchtepa (har biri 400 dollar) ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, ayrim hududlarda o‘sish kuzatilgan: Olmazor tumanida narxlar 12,5 foizga, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa 9,1 foizga oshgan. Biroq “premium” hududlarda narxlar pasaygan — Shayxontohurda 25 foizga, Mirobodda 11,1 foizga, Yakkasaroyda 6,7 foizga.

 

Tahlil mualliflariga ko‘ra, ijara bozori umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha barqaror qolayotgan bo‘lsa-da, talab asosan arzonroq va kichik — 1-2 xonali uylar segmentiga siljimoqda.

 

Mutaxassislar yakuniy xulosa chiqarish uchun 2026-yilning keyingi choraklaridagi bozor tendensiyalarini kuzatish muhimligini ta’kidlagan.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"