Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q
Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

24-noyabr kuni soat 12:37 da Andijon shahri «Ishchilar» mahallasidagi uch qavatli uyning tomida yong‘in sodir bo‘ldi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni tezkorlik bilan o‘chirgan.
Hodisa oqibatida binoning tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida uyning 630 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda hodisaning sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.








