O'zbekiston

Toshkentda o'qituvchi 9-sinf o'quvchisini kaltakladi

Holat yuzasidan huquq-tartibot organlari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda o'qituvchi 9-sinf o'quvchisini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi va o‘quvchilar janjallashgani aks etgan video tarqaldi.


Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.


Ma’lum qilinishicha, voqea Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Dars jarayonida informatika fani o‘qituvchisi hamda 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida nizo kelib chiqqan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda huquq-tartibot organlari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, holatga aloqador va javobgar deb topilgan barcha shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi bildirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"