O'zbekiston

Bolalar ombudsmani transformatorlar bo‘yicha xavfsizlik nazoratini kuchaytirishni talab qildi

Bolalar ombudsmani tomonidan vakolatli davlat organiga tegishli ta’sir hujjati kiritildi.

Bolalar ombudsmani transformatorlar bo‘yicha xavfsizlik nazoratini kuchaytirishni talab qildi

Namanganda transformator ustiga chiqqan 13 yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etdi. Hodisa ortidan Bolalar ombudsmani elektr obyektlarida xavfsizlik nazoratini kuchaytirishni talab qildi.

 

Fojia 5-may kuni Namangan viloyatining Davlatobod tumanida yuz bergan. 2013-yilda tug‘ilgan bola gilos uzish maqsadida yuqori kuchlanishli transformator ustiga chiqqan vaqtida elektr toki ta’siriga tushgan. U og‘ir tan jarohati olib, keyinchalik shifoxonada vafot etgan.

 

Marhumning yaqinlari hodisa sodir bo‘lgan hududda xavfsizlik choralari yetarli darajada ta’minlanmaganini aytmoqda. Ularning ta’kidlashicha, transformator atrofi panjara bilan o‘ralmagan, ayrim elektr simlari ochiq qolgan hamda obyekt qulflanmagan bo‘lgan.

 

Voqeadan so‘ng Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirib, yuqori kuchlanishli elektr qurilmalaridan foydalanishda bolalar xavfsizligini ta’minlash mutasaddi tashkilotlarning bevosita majburiyati ekanini ta’kidladi.

 

Shuningdek, ombudsman respublika bo‘ylab shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida vakolatli idoralarga xavfsizlik standartlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli ta’sir chorasi kiritilganini ma’lum qildi.

 

Hozirda holat yuzasidan Davlatobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari faoliyati yuzasidan esa xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.