O'zbekiston

Andijon viloyatida bedarak yo‘qolgan o‘smirning jasadi Qoradaryodan topildi

U do‘stlari bilan daryoga cho‘milish uchun borib, suvga cho‘kib ketgan.

Andijon viloyatida bedarak yo‘qolgan o‘smirning jasadi Qoradaryodan topildi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida bedarak yo‘qolgan 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o'smirning jasadi Qoradaryodan topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 17-may kuni fuqaro Q.M viloyat IIBga murojaat qilib, o‘zining voyaga yetmagan farzandi 16-may kuni uyidan chiqib ketgani va qaytib kelmagani haqida xabar bergan hamda uni qidirishda yordam so‘ragan.

 

Ushbu murojaat asosida Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 16-may kuni soat 15:30 lar atrofida M.M. do‘stlari bilan birga tuman hududidan oqib o‘tuvchi Qora-daryoga cho‘milish uchun borgan va shu vaqtda suvga cho‘kib ketgan.

 

Qidiruv ishlari davomida o‘smirning jasadi 20-may kuni Andijon–Namangan yo‘nalishini bog‘lovchi Qoradaryo ko‘prigi yaqinidan topilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

 

Qayd etilishicha, tekshiruv harakatlarini borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

 

“Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni qarovsiz qoldirmang, ayniqsa yoz oylarida ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milishiga yo‘l qo‘ymang, farzandlaringizni nazoratsiz qo‘ymang!”,deyiladi xabarda.

 

Avvalroq Surxondaryoda 13 yoshli qiz To‘palang daryosiga cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.