O'zbekiston

Kamera va fotoradarlar tufayli YTHlar kamaydi — IIV

IIV kamera va radarlar bo‘yicha deputatlik so‘roviga javob berdi.

Kamera va fotoradarlar tufayli YTHlar kamaydi — IIV

Qonunchilik palatasining 19-may kungi majlisida Ichki ishlar vazirining “Avtomobil yo‘llarida foto va video qayd etish texnika vositalarining samaradorligi hamda yo‘l harakati sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish” bo‘yicha parlament so‘roviga javobi ko'rib chiqildi.

 

Aprel oyi oxirida Qonunchilik palatasi deputatlari saylov okruglaridagi uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan e’tirozlar, jumladan foto va video qayd etish tizimlari, ko‘chma radarlar faoliyati hamda sun’iy yo‘l notekisliklarini o‘rnatishda me’yorlarga rioya etilmayotgani haqidagi murojaatlar asosida vazirga parlament so‘rovi yuborilgan edi.

 

So‘rovda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘l chiziqlari va belgilari holati, foto va video qayd etish tizimlarining samaradorligi, shuningdek, noqonuniy sun’iy to‘siqlar va me’yorsiz o‘rnatilgan qurilmalar bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ma’lumot berish so‘ralgan.

 

Majlisda taqdim etilgan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2022–2025-yillar davomida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va texnik vositalarni joriy etish loyihalariga 978,3 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Shu davrda 78 844 ta yo‘l belgisi o‘rnatilib, 49 380 tasi yangilangan, 1 081 ta svetofor obyekti qurilgan hamda 20,7 mln kvadrat metr yo‘l chiziqlari chizilgan.

 

Hozirda mamlakat bo‘yicha 5 425 ta foto va video qayd etish moslamasi faoliyat yuritmoqda. Ularning joylashtirilishi yo‘l-transport hodisalari tahlili, harakat intensivligi, infratuzilma holati, piyoda va transport oqimi, shuningdek fuqarolar murojaatlari asosida amalga oshirilayotgani bildirildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,7 foizga kamaygan. 

 

Shuningdek, o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 132 ta cheklovchi yo‘l belgisi, 202 ta to‘xtash va to‘xtab turish belgisi olib tashlangan, 203 ta noqonuniy to‘siq hamda 308 ta sun’iy yo‘l notekisligi bartaraf etilgan.

 

Majlisda deputatlar yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, foto va video qayd etish tizimlarida xatoliklarning oldini olish hamda noqonuniy o‘rnatilgan to‘siqlarni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish zarurligini ta’kidladilar.

 

Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishda parlament nazorati davom ettirilishi qayd etilib, Ichki ishlar vazirining javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

Avvalroq “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov yo‘llardagi radarlarni tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘rnatish amaliyoti o‘zini oqlamaganini bildirib, radarlarni o‘rnatish vakolati faqatgina Ichki ishlar vazirligida bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"