O'zbekiston

Rasman Qurbon hayiti qachon nishonlanishi ma'lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Rasman Qurbon hayiti qachon nishonlanishi ma'lum qilindi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.



Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2026-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi hamda ushbu sana mamlakatimizda Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.



Hujjatda qayd etilishicha, Qurbon hayiti insonparvarlik, saxovat, bag‘rikenglik, mehr-oqibat va shukronalik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda hamjihatlik va ijtimoiy birdamlikni kuchaytirishda ushbu muborak ayyomning o‘rni alohida ekani ta’kidlangan.



Shuningdek, Mehnat kodeksiga muvofiq Qurbon hayitining birinchi kuni ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi. Prezidentning avvalgi farmoniga asosan 2026-yil 28 va 29-may kunlari barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan. Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa 30-may — shanba kuni ham dam olish kuni bo‘ladi.



Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Qurbon hayitini milliy an’ana va urf-odatlarga uyg‘un holda, ko‘tarinki ruhda tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.



Bundan tashqari, Turizm qo‘mitasi va Transport vazirligiga hayit kunlarida ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga tashrif buyurish uchun aholiga qulay sharoit yaratish vazifasi yuklatildi.



Qaror ijrosi Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident maslahatchisi Suxrob Umurzakov zimmasiga yuklatilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.