O'zbekiston

Kasaba uyushmasi raisi davlat ramzlarini o'zgartirish kerakligini aytdi

Siyosatshunos Qudratilla Rafiqov rasmiy matbuotda Davlat gerbini "kommunistik meros"dan tozalash va o‘zgartirish masalasini ko‘targan ilk davlat amaldori bo'ldi.

Kasaba uyushmasi raisi davlat ramzlarini o'zgartirish kerakligini aytdi



Siyosatshunos, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari raisi Qudratilla Rafiqov Davlat gerbini «kommunistik meros»dan tozalash va o‘zgartirish masalasini ilgani surdi. Bu haqda u mamlakatning bosh axborot agentligi — O‘zA’da maqola e’lon qilgan. Maqolada O‘zbekiston tarixida rasmiy shaxslar tomonidan shu paytgacha ko‘tarilmagan masala — Mustaqil O‘zbekiston Davlat gerbini o‘zgartirish va uning mafkuraviy asoslarini qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytilgan.



"O‘sha davrda g‘alladan xirmon-xirmon hosil olish, qiziqchimiz aytganidek, "yerni chuqurroq haydash" va hatto mutaxassislar va dehqonlargina tushunishi mumkin bo‘lgan terminlarni qalashtirib nutq qilish, maqola yozish normal qabul qilinardi. Chunki daladan boshqa o‘ylaydigan, gapiradigan, ko‘krak kerib faxrlanadigan hech bir sifatimiz yo‘q edi. Sobiq markazdan kelib dalaga qanday qadab ketgan bo‘lsa, istiqlolga erishganimizdan keyin ham tafakkuru ongimiz uzoq yil egatlar orasida qoldi. Paxta va g‘alla, keng ma’noda aytganda, ziroatchilik hayotimizning barcha jabhasida ijtimoiy-siyosiy kult sifatidagi tahakkum – dominantligini xuddi sovet davrlaridagidek aks ettirib turdi. Chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, ayni safarbarlik ortida «strategik ahamiyat»dan bo‘lak yana bir muddao – jamiyatni manipulyatsiya qilish istagi ham yashiringandek edi", — deya yozgan u.



Uning aytishicha, ozodlikning dastlabki chorak asriga jiddiy qaralganda erkinlik nazariy, hurriyat qaysidir ma’noda «qaram mustaqillik»dek tuyulgan. Ko‘cha va xiyobonlarga osiladigan "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzma!" kabi shiorlarda ham eskisi buzmay saqlab qolish "an’anasi" millat va davlat "kodi" maqomidagi milliy ramzlarda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.



“Mustaqillikka erishganimizdan keyin ham gerbimizdagi chambarakka alvon-la o‘ralgan "iftixorimiz ramzi" bo‘lgan paxta va g‘alla tasvirlari o‘zgarmadi. Nega? Holbuki, Prezidentimiz ko‘p bor aytganlaridek, paxtadan oladigan daromadimiz o‘sha yillari bir milliard dollarga yetib-yetmagan. Shu holicha ham ushbu dehqonchilik mahsulotlari bizning ijtimoiy-ma’naviy identligimizni belgilashi kerakmidi? Biz o‘z asriy orzu-armonlarimiz, ulug‘ niyatlarimiz va bu jahondagi ruhoniy "o‘zligimiz"ni shu o‘simliklar siymosida ko‘rishimiz kerakmi?.. Albatta, bu mustaqillikdan keyin ham bir oyog‘imiz mafkuraviy jihatdan sobiq tizim xarobalari uzra qolib ketganini anglatadi”, degan u.

 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzolagan qonun bilan Qirg‘iziston davlat bayrog‘i rasman o‘zgartirilgan edi. 

Bayroq markazidagi an’anaviy o‘tov tepasi atrofidagi to‘lqinsimon quyosh nurlari ko‘pchilikka "kungaboqar"ni (ayrim salbiy ramziy ma’nolarni) eslatardi. Shu bois nurlar to‘g‘rilangan.

 

Bayroqning umumiy qizil foni sobiq sovet bayrog‘ini eslatishi haqidagi bahslar fonida, nurlarning o‘zgartirilishi bayroqqa ko‘proq qat’iyat va suveren harbiy xarakter berish maqsadida amalga oshirildi. Shuningdek, mamlakatda davlat gerbini ham sovetcha "dumaloq andaza"dan qutqarish borasida parlament darajasida chaqiriqlar mavjud.

 

Bundan oldin Qozog‘iston prezidenti  Qosim-Jo‘mard Toqayov Qozog‘iston davlat gerbini butunlay o‘zgartirish taklifini kiritgan edi.

 

Toqayov amaldagi gerbni tushunish qiyinligi, unda eklektika (turli uslublar qorishmasi) borligi va eng muhimi — unda "SSSR davri elementlari va asoratlari" saqlanib qolganini ochiq aytdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kasaba uyushmasi raisi davlat ramzlarini o'zgartirish kerakligini aytdi | Zamon.uz