O'zbekiston

Bekobodda “gashish” savdosi va “bangixona” tashkil qilgan shaxslar 8-10 yilga qamaldi

Muqaddam sudlangan ayol qo‘shni davlatdan narkotik modda olib kirishga uringan vaqtida sheriklari bilan birga ushlangan.

Bekobodda “gashish” savdosi va “bangixona” tashkil qilgan shaxslar 8-10 yilga qamaldi



Toshkent viloyatining Bekobod tumanida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan hamda “bangixona” tashkil etgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Sud hukmiga ko‘ra, mazkur shaxslarga 8 yil 3 oydan 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.



Ma’lum qilinishicha, 1999-yilda tug‘ilgan, avval Jinoyat kodeksining 112 va 140-moddalari bilan sudlangan ayol 2025-yil iyul oyida qo‘shni respublikaga borib, narkosavdogardan 1 kilogramm “gashish” moddasini 6 ming AQSH dollariga sotib olish hamda uni O‘zbekiston hududiga olib kirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.



Shundan so‘ng u “Whatsapp” messenjeri orqali giyohvandlik vositasi yashirib qoldirilgan manzilni olgan va avval ham giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan ikki tanishi bilan Bekobod shahri hududidagi dala maydoniga borgan.



Ular yashirin joydan narkotik moddani olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.



Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 985 grammni tashkil etgan.



Tergov davomida aniqlanishicha, ayol o‘zining 1993-yilda tug‘ilgan sherigi bilan Bekobod shahrida ijaraga olingan xonadonda giyohvand moddalarni sotish va iste’mol qilish uchun “bangixona” tashkil qilgan.



Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining hukmiga ko‘ra, ushbu shaxslar Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi hamda qamoq jazosi tayinlandi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.