O'zbekiston

Qurbon hayiti arafasida 8 mingdan ortiq bolaga 200 dollardan mablag‘ ajratiladi

Ehtiyojmand oilalar, bemor bolalar va masjidlar uchun 690 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Qurbon hayiti arafasida 8 mingdan ortiq bolaga 200 dollardan mablag‘ ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Unga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida keng ko‘lamli ijtimoiy tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, 10 ming nafar og‘ir va nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan bolalarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish, 2,3 ming nafar onkologik va gematologik bemorlarni tekshiruv hamda davolashdan o‘tkazish, kamida 350 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi xarajatlarini qoplash rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, 8 mingdan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda Vatan himoyasida halok bo‘lganlarning farzandlari uchun omonat hisobvaraqlariga 200 AQSh dollari miqdorida mablag‘ o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, 500 ta masjidda tahoratxonalarni qurish yoki ta’mirlash, qabristonlarni obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ham rejalashtirilgan.

 

Mazkur tadbirlar 690 milliard so‘m mablag‘ hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan. Prezident mutasaddilarga barcha ishlarni shaffof va manzilli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"