Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya bildirdi

Balujistondagi portlash oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, 70 kishi jarohatlangan edi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya bildirdi

 

Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Balujiston provinsiyasida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy hamda Bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi.

 

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 24-may kuni Pokistonning Balujiston provinsiyasidagi temiryo‘l yaqinida portlash sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, yana 70 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida poyezdlardan biriga qisman shikast yetgan, shuningdek, yaqin hududda to‘xtab turgan avtomobillar ham zarar ko‘rgan. Kuchli portlash to‘lqini sabab atrofdagi binolarning oynalari singan.

 

Temiryo‘l ma’muriyati xavfsizlik nuqtayi nazaridan Peshavor shahriga yo‘l olgan “Jaffar Express” poyezdi Kvetta bekatida vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.