O'zbekiston

Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat oldin ketish huquqiga ega

Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram arafasida ish kuni kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat oldin ketish huquqiga ega

 

Mehnat kodeksining 187-moddasiga muvofiq, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ish vaqti barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

 

Shu munosabat bilan, ertaga — 27-may kuni Qurbon hayitining birinchi kuni nishonlanishi hamda ushbu sana dam olish kuni hisoblanishi sababli, bugun ishga chiqqan xodimlar ish faoliyatini bir soat oldin yakunlash huquqiga ega.

 

Qonunchilikka ko‘ra, bayramoldi kuni ish vaqtini qisqartirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan uzluksiz faoliyat yurituvchi tashkilotlar va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlangan vaqt xodimga qo‘shimcha dam berish yoki uning roziligi asosida ish vaqtidan tashqari mehnat uchun belgilangan tartibda haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

 

Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha belgilangan:

— 27-may, chorshanba — Qurbon hayiti;
— 28-may, payshanba — qo‘shimcha dam olish kuni;
— 29-may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni;
— 30-may, shanba — haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
— 31-may, yakshanba — odatiy dam olish kuni.

 

Shu tariqa, fuqarolar uchun ketma-ket bir necha kunlik dam olish imkoniyati yaratiladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"