Siyosat

Saida Mirziyoyeva  BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha komissiyasining 35-sessiyasida ishtirok etdi

O‘zbekistonning jinoyatchilik profilaktikasi borasidagi tajribasi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Saida Mirziyoyeva  BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha komissiyasining 35-sessiyasida ishtirok etdi

 

Vena shahrida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  Unda 175 ta davlatdan 1,5 mingdan ziyod yuqori martabali rahbar va ekspertlar ishtirok etdi. Bu yil O‘zbekiston ilk bor ushbu nufuzli tuzilmaga a’zo bo‘ldi. Sessiyada Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, nutq so'zladi.

 

                                   

 

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning ushbu nufuzli komissiyaga to‘laqonli a’zo etib saylanishi mamlakatning xalqaro huquqiy siyosat va global kun tartibini shakllantirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada mustahkamladi.

 

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe O‘zbekistonning komissiyadagi ishtirokini yuqori baholab, mamlakat transmilliy tahdidlarga qarshi kurash masalasiga jiddiy yondashayotganini ta’kidlagan.

 

                                           

 

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan yondashuv jinoyatchilikning oldini olishni faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati sifatida emas, balki oila va mahalliy hamjamiyatlardan boshlanadigan kompleks jarayon sifatida ko‘rib chiqishi bilan ahamiyatlidir.

 

                                         

 

Shuningdek, Oliver Shtolpe huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari instituti faoliyatini alohida e’tirof etib, ushbu tajribani o‘rganish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Samarqandda Baxtiyor Saidov va Marko Rubio O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Marko Rubioning aytishicha, safar muddatlari kelasi yili ko‘rib chiqiladi.

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Bokudagi sammitda O'zbekiston Prezidenti Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va iqlim barqarorligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish takliflarini bildirdi.