Siyosat

Saida Mirziyoyeva  UNEP va GEF rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda cho‘llanishga qarshi kurash, biologik xilma-xillikni asrash va resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva  UNEP va GEF rahbarlari bilan uchrashdi

 

Samarqand shahrida o‘tayotgan Global ekologik jamg‘armaning (GEF) 8-Assambleyasi doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik jamg‘arma bosh ijrochi direktori Klod Gaskon bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Muloqot chog‘ida Markaziy Osiyo mintaqasi uchun dolzarb bo‘lgan ekologik masalalar, jumladan, cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringini takomillashtirish, biologik xilma-xillikni asrash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 

Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyatiga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “yashil” islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Shuningdek, u Global ekologik jamg‘armaning Samarqandda o‘tkazilgan tarixiy 8-Assambleyasi muvaffaqiyatli o'tgani bilan xalqaro tashkilotlar vakillarini tabrikladi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Samarqandda Baxtiyor Saidov va Marko Rubio O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Marko Rubioning aytishicha, safar muddatlari kelasi yili ko‘rib chiqiladi.

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Bokudagi sammitda O'zbekiston Prezidenti Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va iqlim barqarorligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish takliflarini bildirdi.