Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta'ziya yo'lladi

O‘zbekiston Prezidenti zilzila qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta'ziya yo'lladi

 

Shavkat Mirziyoyev Filippinning janubiy hududlarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Ferdinand Markosga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Shavkat Mirziyoyev  Filippinning Mindanao oroli janubiy sohillarida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etib, jabrlanganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

 

Eslatib o'tamiz, 8-iyun kuni Filippin qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan, yana 134 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan edi. Tabiiy ofat sabab hududda qutqaruv va tiklash ishlari davom etmoqda.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.