O'zbekiston

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va Pekin universiteti qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazadi

Tomonlar kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qiyosiy ilmiy tadqiqotlar boshlashga kelishdi.

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va Pekin universiteti qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazadi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Markaz direktori birinchi o‘rinbosari Mirzatilla Tillaboyevning Pekin universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv 12-iyun kuni Pekin universiteti Mamalkatlar va mintaqalar bo‘yicha tadqiqotlar instituti tomonidan yuborilgan rasmiy murojaatga asosan tashkil etildi. Mazkur delegatsiya tashrifi Pekin universitetining Mamalkatlar va mintaqalar bo‘yicha tadqiqotlar instituti doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyiha bilan bog‘liq bo‘lib, u “Ipak yo‘li: o‘tmish va bugun” nomli dala tadqiqoti doirasida olib borilmoqda.

 

Loyiha 2026-yil 10–22-iyun kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida amalga oshirilmoqda hamda “Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va sivilizatsiyalarning o‘zaro boyishi” mavzusiga bag‘ishlangan.

 

Uchrashuv davomida Xitoy delegatsiyasiga “Yangi O‘zbekiston” islohotlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil axborot taqdim etildi. Jumladan, huquqiy modernizatsiya jarayonlari, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

 

Xitoy tomoni O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi milliy strategiyalarni ishlab chiqish tajribasi, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks yondashuv hamda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi hamkorlik tajribasiga alohida qiziqish bildirdi.

 

Pekin universiteti vakillari kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekistonda joriy etilgan amaliy mexanizmlarni alohida qayd etdilar. Xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilli tizimi, mahallalarda bandlikni oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, aholining ta’lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilmadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuqori baholandi.

 

Xitoy tomoni fikricha, ushbu yo‘nalishlar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar bilan uyg‘un holda amalga oshirilmoqda hamda insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, Xitoylik tadqiqotchilar O‘zbekistonning bu tajribasi Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashdagi maqsadli siyosati bilan hamohang ekanini ta’kidladilar va ikki davlatning amaliy tajribalarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

 

Uchrashuvda O‘zbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik muhiti mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, mintaqada davlat rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari mexanizmi samarali ishlayotgani, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

 

Xitoy delegatsiyasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha IV forumni yuqori baholadi. 2026-yil 13–14-may kunlari o‘tkazilgan ushbu forum inson huquqlari, taraqqiyot va sivilizatsiyalararo muloqot bo‘yicha teng huquqli ilmiy-muloqot maydoni sifatida muhim ahamiyat kasb etgani qayd etildi.

 

Shuningdek, Pekin universiteti professori Shi Yue fikricha, mazkur forum O‘zbekiston va Xitoy akademik hamjamiyatining inson huquqlari masalalariga yondashuvida yetuklik va ilmiy mustaqillikni namoyon etgan. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududida ushbu forumning o‘tkazilishi mamlakatning inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy yondashuvni shakllantirishdagi muhim rolini tasdiqlaydi.

 

Pekin shahrida o‘tkazilayotgan Inson huquqlari sohasidagi global boshqaruv forumida Xitoyning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan beshinchi Milliy harakatlar rejasi taqdim etilgani ham qayd etildi. Ushbu rejada iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va siyosiy huquqlarni har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, rivojlanish huquqini asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash nazarda tutilgan.

 

Mazkur hujjat doirasida ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, global boshqaruv, ekologik huquqlar va yangi himoya yo‘nalishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Delegatsiya rahbari Milliy markazning inson huquqlarini ilmiy o‘rganish va amaliy himoya qilish bo‘yicha tajribasini yuqori baholab, O‘zbekistonning huquqiy modernizatsiya siyosati inson qadri va manfaatlarini markazga qo‘ygan samarali model sifatida Xitoy akademik doiralarida katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Shi Yue tomonidan Milliy markaz nashri — “Zamonaviy Xitoy va Yangi O‘zbekiston: inson huquqlari, taraqqiyot va strategik sheriklik” kitobi qiyosiy huquqshunoslik sohasiga qo‘shilgan muhim ilmiy hissa sifatida e’tirof etildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar “Inson huquqlari uyi” axborot-resurs markazi uchun ilmiy materiallar almashish, Pekin universiteti bilan qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha beshinchi Samarqand forumida ishtirok etish borasida kelishuvga erishdilar. Shuningdek, O‘zbekiston vakillarining joriy yil noyabr oyida Pekinda o‘tkaziladigan xalqaro forumda ishtirok etishi bo‘yicha taklif bildirildi.

custom img

Rossiya bayrog‘i tushirilgan poyandoz ishi: o‘zbekistonlik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

Qozondagi Bosh konsulxona ma’lum qilishicha, bunga Rossiya vakolatli idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida erishilgan.

custom img

Toshkentdagi Islom Karimov yodgorlik majmuasi atrofi aholi uchun ochilmoqda

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar hududni kompleks rivojlantirish ishlari boshlandi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi istirohat bog‘larini ko‘zdan kechirgandi.

custom img

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: "Prezident sovg‘alari" 25-avgustgacha maktablarga yetkaziladi

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga 12 turdagi o‘quv qurollari hamda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan davlat ramzlari tasvirlangan brelok kiritilgan.

custom img

Sirdaryoda farzandini kiyim ilgich bilan urgan ona 3 sutkaga qamaldi

Ayol farzandi maktabdagi to‘garakka bormasdan ko‘chada o‘ynab yurganidan jahli chiqqan.

custom img

Endi ekologik ekspertiza boshqacha ishlaydi: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori nimalarni o‘zgartirdi?

Yangi tartib loyihalarni ekologik xavfiga qarab baholash, byurokratiyani qisqartirish va xizmatlar shaffofligini oshirishni nazarda tutadi.

custom img

Samarqandda "Nurbuloq" sanatoriy-kurort shahri tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Tibbiy hamda sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish maqsadida Prezident qarori loyihasi tayyorlandi

custom img

O‘zbekistonda 2028-yilgacha go‘sht va sut ishlab chiqarish sezilarli oshiriladi

Yangi loyihalar hisobiga qo‘shimcha 190 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish va zamonaviy "Smart Fermer" tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Saida Rametova og'ir judolikka uchradi

O‘zbekiston xalq artistining onasi Zahroxon Soliyeva 90 yoshida vafot etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"