O'zbekiston

Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

IT-parkda ta’lim, eksport markazlari va startap ekotizimi tashkil etiladi.

Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlatobod tumanidagi Yangi Namangan shaharchasida IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

 

Qayd etilganidek, joriy yil boshidan Namangan viloyatiga 2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilgan. Xitoy, Turkiya, Hindiston va Rossiyalik hamkorlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 1,8 milliard dollarlik 20 ta yangi loyiha ishga tushirilmoqda. Ushbu loyihalar hisobiga 6,5 mingta ish o‘rni yaratilishi, 30 dan ortiq yangi mahsulot ishlab chiqarilishi, viloyat iqtisodiyotiga 3,6 trillion so‘mlik aylanma hamda 200 million dollarlik eksport hajmi qo‘shilishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, viloyatda sanoat, turizm, savdo va uy-joy qurilishi yo‘nalishlarida qiymati 4 milliard dollarlik 28 ta yangi loyihaga ham start berildi.

 

Prezident Namangan viloyatida 1,6 milliondan ortiq yoshlar istiqomat qilayotgani ulkan ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat ekanini qayd etdi. Yoshlarni axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

 

Xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 117 million dollar bo‘lgan loyiha asosida Yangi Namangan, Samarqand, Chirchiq, Nurafshon, Urganch va Navoiy shaharlarida zamonaviy IT-parklar barpo etilishi rejalashtirilgan. Yangi Namangan IT-parki mazkur loyihaning ilk bosqichi hisoblanadi.

 

1,7 gektar maydonda quriladigan 17 qavatli majmuaning umumiy maydoni qariyb 18 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Unda ta’lim va eksport markazlari, kovorking va ofis maydonlari, startap akseleratori hamda xorijiy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Majmuada o‘nlab kompaniyalar va startap studiyalar faoliyat yuritishi, 2 mingga yaqin yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha viloyatda axborot texnologiyalari xizmatlari hajmini yiliga 500 milliard so‘mga, eksport hajmini esa 30 million dollarga yetkazishga xizmat qiladi.

 

Marosim yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan IT-parki qurilishiga tamal toshini qo‘ydi. Shuningdek, viloyatda yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"